Qashqadaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
Bu nima uchun muhim
Suv taqchilligi — mintaqaning asosiy muammolaridan biridir. Qishloq xo‘jaligi yillik umumiy hajmning deyarli 90 foizini iste’mol qiladi, shuning uchun har bir litrdan unumli foydalanish o‘ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jarayonni faqatgina suv yetkazib berishni aniq o‘lchash, taqsimlash va nazorat qilish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar yordamida optimallashtirish mumkin.
Inverson Technologies roli
Biz ushbu loyihada boshqaruvni o‘z zimmamizga oldik va tizim integratori sifatida ishtirok etdik. Vazifamiz tizimning barcha elementlarini yagona ishchi infratuzilmaga birlashtirishdan iborat edi.
Buning uchun quyidagilarni ta’minladik:
- Loyihani tashkillashtirish: loyihalash va xarid qilishdan tortib o‘rnatish hamda ishga tushirishgacha;
- Integratsiya: uskunalar, dasturiy ta’minot va aloqa vositalari yagona tizim sifatida ishlaydi;
- Sifat nazorati: har bir bosqichda yuqori standartlarga muvofiqlikni tekshirib bordik;
- Muddat va byudjetga rioya qilish: loyiha o‘z vaqtida va ortiqcha xarajatlarsiz amalga oshirildi.
Bunday yondashuv xatarlarni kamaytirishga, ishonchlilikni oshirishga hamda davlat va soha hamkorlari tayanishi mumkin bo‘lgan natijani ta’minlashga yordam berdi.
Loyiha qanday tuzilgan edi
Sinov (pilot) bosqichi Qashqadaryo viloyatida, Qamashi–Mirishkor kanalining 13,8 km uzunlikdagi qismida o‘tkazildi. Bu yerda 28 ta avtomatlashtirilgan suv to‘sig‘i (shlyuz) o‘rnatildi. Tizim uchta asosiy elementni birlashtirdi:
- O‘lchash uskunalari — fermalarda suv iste’moli hajmini qayd etdi;
- Masofadan boshqariladigan dasturiy ta’minot — real vaqt rejimida suv taqsimotini tartibga solish imkonini berdi;
- User-friendly mobil ilovalar — fermerlarga ma’lumotlardan foydalanish va suv uzatishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish imkoniyatini berdi.
Barcha komponentlar o‘zaro uyg‘unlikda ishladi, bu esa boshqaruvni shaffof, oldindan ko‘ra olinadigan va qulay qildi.
Nimalar o‘zgardi
Loyiha sezilarli natijalarni berdi:
- Suvni samarali uzatish: 6 500 gektar yer aniqroq sug‘orila boshlandi, bu esa 8 million litrgacha suvni tejash imkonini berdi;
- Suvdan foydalanish samaradorligining oshishi: ko‘rsatkichning 95% gacha yetishi;
- Shaffof nazorat: endilikda tizim fermerlar tomonidan suvdan foydalanishni kuzatib boradi, taqsimotdagi nomutanosiblik va qonunbuzarliklar xavfini kamaytiradi
Ushbu o‘zgarishlar hosildorlikka bevosita ta’sir qildi, yo‘qotishlarni kamaytirdi va iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi uchun asos yaratdi.Suv resurslarini boshqarish mavzusi bugungi kunda O‘zbekiston uchun ayniqsa dolzarbdir. Bizning sinov loyihamiz davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanganidan xursandmiz va bunday tashabbuslar bundan keyin ham amalga oshirilishiga umid qilamiz.
Obyekt yoki vazifa bormi?
Obyektni tasvirlab bering — yechim, muddat va tushunarli smeta bilan qaytamiz.